IBC · Toshkent

Sayt yuklanmoqda
Sayt test rejimida ishlamoqda
Sayt test rejimida ishlamoqda

Bo‘sh ish o‘rinlari

Ishga qabul qilish shartlari

“Xalqaro Hamkorlik Markazi” aksiyadorlik jamiyatiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining mehnat sohasidagi qonunchiligi talablariga, shuningdek, Jamiyatning 2025-yil 28-oktabrdagi 37-od-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJga ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda Jamiyatning ichki lokal hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim.

Nomzodlarni ko‘rib chiqish va ishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish belgilangan tartibda, tegishli lavozimga qo‘yiladigan talablar va nomzodning malakasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar Jamiyatning mazkur veb-saytidagi «Vakansiyalar» bo‘limida joylashtirilgan.

Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar.

1. Boshqaruv personaliga qo‘yiladigan umumiy talablar:

- lavozimga mos tegishli oliy ma’lumot;

- mutaxassislik bo‘yicha 3 yildan 5 yilgacha ish tajribasi (bo‘sh ish o‘rniga qarab);

- rahbarlik lavozimlari uchun — kamida 5 yil rahbarlik ish tajribasi;

- faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha qonunchilik va normativ hujjatlarni bilish;

- rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish ko‘nikmalari;

- axborot tizimlari va ofis dasturlarida ishlash ko‘nikmalari;

- tillarni bilish — davlat tili, rus tili, shuningdek, xorijiy tillardan birini bilish (ingliz tilini bilishga ustuvorlik beriladi).

2. Texnik personalga qo‘yiladigan umumiy talablar:

- lavozimga qarab tegishli o‘rta maxsus/kasbiy yoki oliy ma’lumot;

zarur malakaga ega bo‘lish;

- mutaxassislik/kasb bo‘yicha 2 yildan 3 yilgacha ish tajribasi (bo‘sh ish o‘rni/kasbga qarab);

- tegishli texnik me’yorlar, qoidalar va yo‘riqnomalarni bilish;

- mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilish;

mas’uliyatlilik, intizomlilik va e’tiborlilik.

Batafsil ma’lumotni quyidagi aloqa telefoni orqali olishingiz mumkin: __________________________.

0 ta vakansiya

Hozircha mos vakansiya topilmadi.

Xalqaro Hamkorlik Markazi

Toshkent markazidagi A-klass biznes markazi. Ofislar, konferensiya zallari va to‘liq biznes infratuzilmasi.

Aloqa

© 2026 Xalqaro Hamkorlik Markazi AJ. Barcha huquqlar himoyalangan.