"Xalqaro Hamkorlik Markazi" AJ
Markaziy Osiyoda xalqaro biznes uchun zamonaviy makon
“Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJ — Markaziy Osiyoda xorijiy kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zamonaviy, qulay va xalqaro standartlarga mos infratuzilmani taklif etuvchi yirik biznes markazlaridan biri.
Biznes markaz zamonaviy ofislar, konferensiya zallari, tibbiy xizmatlar, umumiy ovqatlanish obyektlari va barcha zarur muhandislik infratuzilmasi bilan ta’minlangan.
Bugungi kunda markaz binosiga kuniga o‘rtacha 4 500–5 000 nafar tashrif buyuruvchi keladi.
Bino haqida
Umumiy maydoni: 61 526 m²
Bino o‘lchamlari: uzunligi — 139,25 m; eni — 46 m
Qavatlar: 3 ta yerto‘la qavati, sokol qavati va 15 ta yer ustki qavat
Zilzilabardoshligi: 9 ball
Konstruksiyasi: monolit temir-beton
Yong‘inga chidamlilik darajasi: II daraja
Tutundan himoyalangan zinapoyalar: 4 ta
Liftlar: 14 ta, shu jumladan 2 ta yuk tashuvchi lift
Biznes markaz 4,3 gektarlik obodonlashtirilgan va ko‘kalamzorlashtirilgan hudud bilan o‘ralgan. Hududdagi yirik favvora majmuaning arxitektura va landshaft konsepsiyasini boyituvchi o‘ziga xos obyekt hisoblanadi.
Avtoturargoh
“Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJ hududida xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan ikkita avtoturargoh mavjud.
Yer osti avtoturargohi
Yer osti avtoturargohi binoning -1 va -2 yerto‘la qavatlarida joylashgan. Unga tashqi hududdan kirish uchun 2 ta avtotransport darvozasi mavjud.
Avtoturargoh avtomobillarni qulay va xavfsiz joylashtirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydi.
Shuningdek, biznes markaz hududida xodimlar uchun mo‘ljallangan ochiq avtoturargoh ham mavjud.
Sokol qavati
Sokol qavatiga kirish 2 ta asosiy aylanma eshik va 4 ta yordamchi eshik orqali amalga oshiriladi.
Foyeda har bir blok uchun 6 tadan “KONE” rusumli yo‘lovchi lifti hamda 1 tadan yuk tashuvchi lift mavjud.
Sokol qavatida xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun “Bloom” kafesi faoliyat ko‘rsatadi.
Xizmatlar va infratuzilma
Biznes markazda kundalik ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan xizmatlar va infratuzilma yaxlit majmua sifatida shakllantirilgan.
1-qavatda tibbiy markaz, laboratoriya va stomatologiya xizmatlari joylashgan.
2-qavatdan 15-qavatgacha zamonaviy ofis xonalari joylashtirilgan bo‘lib, ular turli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun qulay ish muhitini ta’minlaydi.
7-, 9- va 13-qavatlarda biznes uchrashuvlari, seminarlar, forumlar, prezentatsiyalar va boshqa korporativ tadbirlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan konferensiya zallari mavjud.
Yong‘in xavfsizligi
“Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJ binosi O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan xavfsizlik talablariga muvofiq yong‘in xavfsizligi, avtomatik yong‘inni o‘chirish va yong‘in haqida xabar berish tizimlari bilan jihozlangan.
Bino ma’muriyati va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalari tomonidan tabiiy, texnogen hamda ishlab chiqarish xususiyatidagi favqulodda vaziyatlarda odamlarni tezkor va xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha muntazam o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus xodimlari nazoratida o‘tkaziladi.
Ishonchli elektr ta’minoti
Binoning elektr ta’minoti I ishonchlilik toifasiga mansub bo‘lib, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 2 ta mustaqil elektr manbai orqali ta’minlanadi.
Asosiy elektr ta’minoti uzilgan holatda “Mercedes-Benz” rusumli 2 ta dizel-generator avtomatik ravishda ishga tushib, binoning uzluksiz elektr ta’minotini qo‘llab-quvvatlaydi.
Isitish va issiq suv ta’minoti
Binoning isitish tizimi hamda issiq suv ta’minoti “Emel Kazan” rusumli 2 ta suv isitish qozoni orqali amalga oshiriladi.
24/7 texnik xizmat
Biznes markazning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida texnik xizmatlar 24/7 rejimida amalga oshiriladi.
Binoning ichki va tashqi tozaligi, 4,3 gektarlik ko‘kalamzor hududni obodonlashtirish va saqlash, shuningdek:
elektr ta’minoti tizimlari;
sovitish va isitish tizimlari;
santexnika;
liftlar;
yong‘in xavfsizligi tizimlari
bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish ishlari maxsus autsorsing kompaniyalari tomonidan doimiy ravishda amalga oshiriladi.
Ishonchli hamkorlik uchun zamonaviy muhit
“Xalqaro Hamkorlik Markazi” AJ — biznes, xalqaro hamkorlik va zamonaviy infratuzilma uyg‘unlashgan professional muhit.
Qulay joylashuv, zamonaviy ofislar, rivojlangan muhandislik infratuzilmasi, konferensiya imkoniyatlari va 24/7 texnik xizmat ko‘rsatish tizimi markazni xalqaro kompaniyalar, biznes vakillari hamda tashkilotlar uchun ishonchli ish makoniga aylantiradi.
