
Yig‘ilishni Boshqaruv Raisi B.A.Rahimov ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan Jamiyatda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir xodimning vazifasi ekanligi, uning salbiy oqibatlari, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ahvoliga to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” mavzusida xodimlarga yetarli tushuntirish va taqdimot o‘tkazish uchun so‘zni, Xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i X.K.Xalmirzayevga berdi.
X.K.Xalmirzayev Jamiyat xodimlariga korrupsiya atamasi, uning salbiy illatlari, kelib chiqish sabablari, yurtimizda va jamiyatda bunday illatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan taqdimot qilib berdi.
Qayd etilganidek, oxirgi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarga oid ochiq ma’lumotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ulardan to‘siqlarsiz foydalanishni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga to‘xtalib o‘tdi.
Taqdimotda, jamiyat xodimlari faol qatnashib, o‘zini qiziqtirgan savollarga munosib javoblarini oldilar.
Shundan so‘ng, Jamiyat boshqaruv Raisi o‘z so‘zini davom ettirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-son Farmoniga muvofiq har yili an’anaviy tarzda Aksilkorrupsiya oyligi o‘tkazib kelinayotganligini, bunda barcha xodimlar faol qatnashishlarini ta’kidlab o‘tdi.
Jamiyat tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2025-yil 14-noyabrdagi 28-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi” ma’lumot va ijro uchun qabul qilinganligi tushuntirib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “xalollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmasligimiz, korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerakligini ta’kidlaganlariga alohida urg‘u berib o‘tdi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz tomonidan aytilgan “xalollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz degan iboralarida chuqur mazmun va hikmat borligini anglab yetishimiz kerakligini barcha xodimlarga tushuntirib berdi.
